monty paneli Premiere Pro ichida ochiladi: o'zbekcha subtitr va pauzalari kesilgan ketma-ketlik loyihangizga o'zi tushadi. Tez orada: AI motion qatlamlari videongiz ustiga. Siz montaj qilasiz, zerikarli qismini monty qiladi.
Sheva, aralash so'zlar va nomlar bilan ham. Matnni qayta yozib o'tirmaysiz.
Pauza va qayta aytilgan joylar olib tashlangan tayyor ketma-ketlik bir bosishda.
Nutq ma'nosiga mos yozuvlar, kartalar va animatsiyalar — shaffof qatlam bo'lib videongiz ustiga.
Yoqqan videoni bering: monty uning uslubini o'rganadi va keyingi videolaringizda takrorlaydi.
Parol panelga kiritilmaydi. Media Encoder bo'lsa, videongiz kompyuteringizdan chiqmaydi: serverga faqat ovoz yuboriladi.
Premiere'da monty panelini oching va kodni monty.uz'da tasdiqlang.
Media Encoder klipning ovozini sizning kompyuteringizda ajratadi va yuboradi.
Subtitr va kesilgan ketma-ketlik loyihangizga o'zi tushadi.
Hammasi tahrirlanadi: siljiting, qisqartiring, rangini o'zgartiring.
Har tarifda: oylik daqiqalar va AI tokenlar (⚡). ⚡ limitdan oshgan daqiqalarga va monty.uz'dagi AI montaj va AI chatga ishlatiladi; plagindagi AI montaj qatlami chiqqanda unga ham (20 ⚡).
Yakka montajor, oyiga 10–20 video
Doimiy ishlaydigan montajor
Jamoa yoki agentlik
Panelga birinchi kirganingizda 15 daqiqa bepul. ⚡ tugasa, istalgan payt qo'shimcha AI token (⚡) paketini olasiz. To'lov so'mda: Uzcard, Humo va mashhur to'lov ilovalari orqali.
Umumiy xorijiy modellar o'zbekchada ko'p xato qiladi. monty o'zbek nutqiga moslangan va matnni alohida tuzatadi.
Subtitr, kesish va AI motion uchun uch xil plagin va uch xil obuna kerak emas.
Xorijiy karta va dollar kerak emas. Pro tarif oyiga 149 000 so'm.
Media Encoder o'rnatilgan bo'lsa yo'q: subtitr va AI kesish uchun faqat klipning ovozi yuboriladi va 7 kundan keyin o'chiriladi.
Premiere Pro 25.6 yoki undan yangisi. Media Encoder bo'lsa, ovoz sizning kompyuteringizda ajratiladi.
Ishlash to'xtamaydi: ortig'i ⚡ bilan to'lanadi (subtitr va kesish 1 ⚡ daqiqasiga). ⚡ ni istalgan payt sotib olish mumkin.
Yo'q, avtomatik pul yechilmaydi. Muddat tugaganda o'zingiz yangilaysiz.
Hozirning o'zida monty.uz'da tayyor videodan .srt, .xml va .edl fayllarni yuklab olib, istalgan dasturga import qilishingiz mumkin.